35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Navbatdagi sessiya oldi o‘rganishlar.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mudiri M. Yarmatov tomonidan 2-Zang oilaviy shifokorlik punkti faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan dori-darmon vositalarini xarid qilish, tibbiy asbob-uskunalar bilan ta’minlash va ularning yetkazib berilishi holatiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, mavjud jihozlarning holati va aholiga qulay tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholi salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan ishlarni yanada kuchaytirish bo‘yicha deputatlik nazorati o‘rnatildi.

Slide 1 of 5