#Haftalik ish reja ijrosida.
Deputat nazoratida:Maktabdagi yangi bino qurilishi yakuniy bosqichda.
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 20-Do‘stlik saylov okrugi deputati Qulliyeva Orzigul tomonidan hududdagi qurilish obyektlarida navbatdagi nazorat-tahlil o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
Mazkur o‘rganishda Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M.Choriyeva ham ishtirok etdi.
O‘rganish jarayonida 11-sonli umumta’lim maktabi hududida Islom taraqqiyot banki mablag‘lari hisobidan barpo etilayotgan 240 o‘rinli qo‘shimcha bino qurilishining bugungi holati ko‘zdan kechirildi. Ayni paytda ikki qavatdan iborat mazkur binoda qurilish ishlari yakuniy bosqichga yetib, liftlarni o‘rnatish, ichki pardozlash hamda bo‘yoq ishlari olib borilmoqda
Deputat tomonidan qurilish materiallarining sifati,bajarilayotgan ishlarning loyiha-smeta hujjatlariga muvofiqligi hamda belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi yuzasidan mas’ul mutaxassislar bilan suhbat o‘tkazildi. O‘rganish davomida qurilish ishlari belgilangan me’yor va talablar asosida olib borilayotgani, obyektni o‘z vaqtida foydalanishga topshirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilayotgani qayd etildi. Bunday nazorat tadbirlari hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarining sifatini ta’minlash, aholi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarni yanada yaxshilash hamda qurilish jarayonlarining shaffofligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.