Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Sessiya ishi yakunlandi.

Sessiya ishi yakunlandi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining yigirma to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya kun tartibiga kiritilgan 9 ta masala deputatlar tomonidan ko‘rib chiqildi. Muhokamalar davomida tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligi, aholi murojaatlarida ko‘tarilgan dolzarb masalalar hamda sohalar faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan taklif va fikrlar bildirildi.

Sessiyada mas’ul rahbarlarning hisobot va axborotlari tinglanib, muhokamalar yakunida bildirilgan takliflar asosida tegishli qarorlar qabul qilindi.

Qabul qilingan qarorlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga aniq vazifalar yuklatildi hamda ularning bajarilishi ustidan tizimli nazorat o‘rnatilishi belgilandi.

Slide 1 of 1