Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Doimiy komissiya yig‘ilishida “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi muhokama qilindi

 Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashining tegishli doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda tuman hokimining o‘rinbosari M.Soibboevning Kosonsoy tumanida “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisoboti eshitildi.

👥 Muhokamalar davomida yozgi ta’til mavsumida yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni sport, madaniyat, kitobxonlik, kasb-hunar o‘rganish va turli to‘garaklarga keng jalb qilish borasida mahallalar hamda umumta’lim maktablarida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

📋 Hisobotda tuman hududida tashkil etilgan sport musobaqalari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, yoshlar festivallari, kitobxonlik aksiyalari, ta’lim va kasbga yo‘naltiruvchi mashg‘ulotlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, yoshlarning qiziqishlari va iqtidorlarini ro‘yobga chiqarish, ularning bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish maqsadida mahallalarda yaratilgan imkoniyatlar haqida ham to‘xtalib o‘tildi.

Slide 1 of 4