Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar maslahat guruhining yig'ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
ICHKI YO‘LLARNI ASFALTLASH ISHLARI NAZORATDA
янв.21
YANGI TURMUSH MAHALLASIDA MAKTAB QURILISHI BOSHLANDI
янв.21
Deputat nazoratida — Gilambob mahallasida piyodalar yo‘lakchasi qurilmoqda.
янв.21
MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
Deputalarning ijtimoiy tarmoqlardagi haftalik chiqishlari reja-jadvalining ijrosi
янв.21
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 13-Angor saylov okrugi deputati Jo‘rayev Akbar tomonidan hududdagi 6-son umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Markaz mahallasida tizimli o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot davom etmoqda
янв.21
DEPUTAT NAZORATI
Deputat tomonidan hududda aholini kambagʻallikdan chiqarish borasidagi ishlar holati oʻrganildi.

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Mexriniso Hasanova saylov okrugidagi “Latifsobungar” MFYda tuman Kengashi kotibiyati xodimi va hokim yordamchisi bilan birgalikda hududda aholini kambagʻallikdan chiqarish, aholi bandligini taʼminlash, tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati oʻrganildi. Oʻrganishlarda mahallada faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subektlari koʻrildi.

Oʻrganishlarda Latifsobungar MFY Yangikent qishlogʻida yashovchi fuqaro Axmatov Axmad “Vobkent tayanchi” MCHJ tashkil etib, hokim yordamchisi tomonidan olib berilgan 100 mln soʻm kredit hamda qoʻshimcha oʻz mablagʻlari evaziga qurulish mollarini (bruschatka va shlakablok) ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan. Bugungi kunda mahalladagi ishsiz 5 nafar fuqarolarning bandligi taʼminlangan.

Shuningdek, oʻrganishlarda aholi bandligi va daromadini oshirishning muhim manbai boʻlgan tomorqachilikni rivojlantirish borasida mahalladagi issiqxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Yangikent qishlogʻida yashovchi fuqaro Jabborov Abdumalik mahalla hokim yordamchisi tomonidan 100 mln soʻm kredit olishga yordam berishi orqali dehqon xoʻjaligidagi ekin madonidan 20 sotixiga issiqxona tashkil etib, bugungi kunda pomidor koʻchatlari yetishtirmoqda. Natijada 3 nafar ishsiz fuqarolarning bandligi taʼminlangan.

Mazkur oʻrganishlarda tadbirkorlik faoliyati bilan namuna koʻrsatayotgan fuqarolarni faoliyatini hududda keng ommalishtirish borasida chora-tadbirlar belgilandi. 

Slide 1 of 6