Xalq deputatlari Angor tuman Kengashi deputati Zafar Djumayev hamda mahalla yettiligi a’zolari bilan birgalikda navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuvni tashkil etishdi. Uchrashuv davomida fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqot olib borildi. Deputat tomonidan: - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari - Oliy Majlis Senati Kengashining qarorlari - Shuningdek, yangi qabul qilingan hukumat qarorlarining mazmun-mohiyati keng jamoatchilikka tushuntirib berildi. Shu bilan birga, fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va muammolar tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish belgilandi. Bunday uchrashuvlar aholining huquqiy ongi va xabardorligini oshirish, shuningdek, deputatlar va saylovchilar o‘rtasidagi muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.