Deputat mahalla faoliyati bilan tanishdi . Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 2- Xo'jaqiya saylov okrugi saylangan deputat Jovliyev Ravshan Chorshanbiyevich Yuqori Хo‘jaqiya mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi. Uchrashuv davomida deputat mahalla fuqarolari bilan suhbatlashib, ularning muammo va takliflarini eshitdi. Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan joyida tegishli o‘rganishlar olib borildi. Shuningdek, mahallada amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari, aholi uchun yaratilgan sharoitlar holati o‘rganildi. Mahalladagi ehtiyojmand oilalarga ajratilgan mablag‘larning shaffofligi va maqsadli yo‘naltirilganligi bo‘yicha o‘rganishlar olib borildi. Kelgusida mahalla muhitini yanada yaxshilashga qaratilgan taklif va vazifalar belgilab olindi .