Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi deputatlari G.Sharipova va N.Uralova tomonidan shahardagi 16-sonli umumta’lim maktabi faollar zalida “Metallurg” va Muqimiy mahallalari aholisi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda deputatlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi 21.05.2019-yildagi va "Vasiylik va homiylik to‘g‘risida"gi 16.04.2018-yildagi qonunlarini mazmun va mohiyati haqidagi ma’ruzalari tinglandi. Shuningdek, mahalla obodonchiligi, kuz-qish mavsumidagi muammolar bilan birgalikda xotin-qizlar va yoshlar tarbiyasi, ular o‘rtasidagi jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, to‘ylar, oilaviy tantanalar va ma’raka, marosimlarni ixcham, kamxarj o‘tkazish bo‘yicha nuroniylarning fikrlari o‘rganildi.