Yangiliklar

Deputat faoliyati

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashiga 15- “Qo‘shtegirmon” saylov okrugidan saylangan deputat Almardonov Nurqobil mahalla tizimi bilan o‘zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazdi Uchrashuv davomida Madaniyat va Qo‘shtegirmon mahallari faoliyati atroflicha o‘rganildi 🟢 Mahalla obodonligini ta’minlash, xususan “Obod mahalla”, “Obod ko‘cha”, “Obod xonadon” mezonlarini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi. 🟢 Mahalla tizimidagi yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, ijtimoiy xodim tomonidan olib borilayotgan faoliyat yuzasidan hisobotlar tinglandi. 🟢 Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, muammolarni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tashabbuslar muhokama qilindi.

Slide 1 of 1