Yangiliklar

Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi

Yig‘ilishda kun tartibidagi asosiy masala — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Shovot tumanidagi Xalq qabulxonasi mas’ul xodimi I.Jumayevning 2025-yilning 3-choragi davomida olib borilgan ishlar yuzasidan bergan hisobotini tinglash bo‘ldi.

🔹 Hisobot davomida tumanda faoliyat yuritayotgan tashkilot va idoralar rahbarlarining mas’uliyati,

🔹 fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash jarayonlari,

🔹 murojaatlarda ko‘tarilgan muammolarning o‘z vaqtida hal etilishi,

🔹 shaffoflik va ochiqlikni ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar

batafsil muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida komissiya a’zolari murojaatlar sifati va ularning ijro intizomiga alohida e’tibor qaratib, tegishli tashkilotlarga zarur tavsiyalar berdi.

📎 Tadbir yakunida tuman miqyosida korrupsiyaning oldini olish, xavfsizlikni mustahkamlash va aholiga xizmat ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 3