Bugun Bekobod tumanidagi Dalvarzin MFYda joylashgan 11-maktabda 10-11- sinf qizlari bilan "O‘zbek qizlarining qiyofasi","Kiyinish madaniyati" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Suhbatda Bekobod tuman kengashi deputati M.Samandarova, tuman targ‘ibot guruhi rahbari Farida Yuldasheva va mahalla faollari ishtirok etdi.
O‘zbek qizlarining qiyofasi va kiyinish madaniyati milliy an’ana, ma’naviy mezon va zamonaviy talablarning uyg‘un namunasidir. Qizlarning orastalik, ibo, poklikka amal qilishi hamda yoshiga mos, me’yoriy va saranjom kiyim tanlashi jamiyat madaniyatining muhim ko‘rsatkichlaridan biri sanaladi.
Zamonaviy moda ta’sirining kuchayib borayotganiga qaramay, milliy liboslarning saqlanishi va qo‘llanilishi qizlarimizning milliy qiyofasini mustahkamlab kelmoqda. Bu borada tarbiyaviy va tushuntirish ishlari izchil olib borilishi ma’naviy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.