O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2025-yil 15-may kuni o‘tkazilgan “Ta’lim tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish masalasi”ga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi mamlakatimizda ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan strategik yo‘nalishlarni belgilab berdi.
Mazkur yig‘ilishda ilgari surilgan vazifalar mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida, 2025-yil 19-may kuni xalq deputatlari Angor tuman Kengashining deputatlari tomonidan mahallalardagi ta’lim va tibbiyot muassasalarida saylovchilar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
Uchrashuvlarda deputatlar videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan muhim yo‘nalishlar, jumladan:
Shuningdek, tibbiyot muassasalarida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda aholiga sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, birlamchi tibbiy xizmat sifati, tibbiy profilaktika va zamonaviy diagnostika usullarini joriy etish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar xususida ham ma’lumotlar berildi.
Uchrashuvlar ochiq muloqot ruhida o‘tdi. Saylovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar, mavjud muammolar yuzasidan deputatlarga taklif va fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Deputatlar esa o‘z navbatida davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilayotgan islohotlar mazmunini tushuntirish, ularni joylarda to‘laqonli amalga oshirishda fuqarolar faolligini oshirish borasida bunday uchrashuvlarning muhimligini ta’kidladilar.
Shubhasiz, mahallalarda o‘tkazilayotgan bu kabi targ‘ibot va tushuntirish ishlari fuqarolarning davlat siyosatiga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlash, islohotlarning ildizi xalq orasigacha yetib borishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.