Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi raisi R. Ziyayev tomonidan fuqarolarning murojaatlarini tinglash va ularning muammolarini o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.
Muloqotlar davomida fuqarolar tomonidan bildirilayotgan murojaat va takliflar tinglanib, har bir masalaga alohida e’tibor qaratilmoqda. Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni o‘rganish va ularni amaliy hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilmoqda.
Aholi bilan ochiq muloqot qilish, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda ularning muammolariga amaliy yechim topish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda.