35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Navro‘z MFYda bank xizmatlari va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash masalalari o‘rganildi

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati A. Appakov tomonidan Navro‘z MFY hududiga biriktirilgan bank xodimi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Muloqot davomida aholini moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda kredit va boshqa bank xizmatlari bo‘yicha fuqarolarga tushuntirish berish masalalari muhokama qilindi.

Aholining murojaatlarini o‘rganish va mavjud muammolarga amaliy yechim topish yuzasidan fikr almashildi.