35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Aholi murojaatlari tinglandi

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi raisi R. Ziyayev tomonidan fuqarolarning murojaatlari tinglandi.

Muloqot davomida aholi tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar atroflicha o‘rganilib, fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.

Murojaatlarda ko‘tarilgan muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish, ularni amaliy jihatdan hal etish va fuqarolarga ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Aholi bilan ochiq muloqot qilish, ularning murojaatlarini eshitish va muammolarini o‘z vaqtida hal etish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.