35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Taraqqiyot MFYda yarmarkalar tashkil etilmoqda

 Taraqqiyot MFY hududida aholini zarur oziq-ovqat va kundalik ehtiyoj mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida tashkil etilayotgan yarmarkalar jarayoni Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati A. Appakov tomonidan o‘rganildi.

O‘rganish davomida yarmarkalarni tartibli tashkil etish, savdo rastalarini joylashtirish, mahsulotlar sifati va narxlar barqarorligini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, hududning tozaligi va obodonchiligi, aholiga qulay shart-sharoit yaratish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi.

Aholini sifatli va hamyonbop mahsulotlar bilan ta’minlash maqsadida yarmarkalarni tashkil etish ishlari davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 3