Andijon shahridagi 23-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati A. Appakov tomonidan o‘rganildi.
O‘rganish davomida maktab hududidagi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari ham ko‘zdan kechirilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
Shuningdek, yangi o‘quv yilida bolalar xavfsizligini ta’minlash, maktab hududida xavfsizlik choralariga rioya etish hamda o‘quvchilar uchun qulay sharoit yaratish bo‘yicha zarur tushuntirish va tavsiyalar berildi.
Maktabda yangi o‘quv yilini munosib kutib olish va o‘quvchilar uchun xavfsiz hamda qulay muhit yaratish ishlari davom ettirilmoqda.