Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan “Xalq bilan sayyor qabul” doirasida Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi raisi U. Axunov va Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi raisi R. Ziyayev ishtirokida sayyor qabul oʻtkazildi.
Sayyor qabul davomida fuqarolarning murojaat va muammolari oʻrganilib, ularni hal etish yuzasidan topshiriqlar berildi. Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.
Tadbirda aholi bilan ochiq muloqot oʻtkazilib, ularning taklif va tashabbuslari tinglandi.
Bunday sayyor qabullar aholining muammolarini joyida oʻrganish, amaliy yordam koʻrsatish va xalq bilan ochiq muloqotni mustahkamlashga xizmat qiladi.