Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri Q.Bobojonov va kotibiyat bosh mutaxassisi A.Utegenov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–49-son qarori ijrosi doirasida “og‘ir” toifaga kiritilgan Pastki Kerayit mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.
🏗 Dastur asosida mahalla aholisiga qulay va munosib turmush sharoitlarini yaratish maqsadida ichki yo‘llarni ta’mirlash, elektr ustunlari va elektr tarmoqlarini yangilash hamda obodonlashtirish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.
✅ Obod mahalla yo‘lidagi ishlar izchil davom etmoqda.