Maktabgacha ta’lim tashkiloti holati o‘rganildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashining 24-Toshrobot saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati Sh. Usmonova tomonidan hududdagi 27-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati va mavjud sharoitlari o‘rganildi.
O‘rganish davomida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, sanitariya-gigiyena holati hamda muassasaning moddiy-texnik bazasiga alohida e’tibor qaratildi.
Aniqlangan masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.