Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi raisi R. Ziyayev o‘z saylov okrugida aholi murojaatlari va mavjud muammolarni o‘rganmoqda.
2026-yil 22-iyun kuni Kengash raisi 11-Guliston saylov okrugi hududidagi “Ishchilar” mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi tomonidan aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida foydalanib kelinayotgan bino hamda olib borilayotgan ta’mirlash va bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.
O‘rganish davomida “BUILDING STARS” MCHJ tomonidan ishlab chiqilgan qurilish loyihasi asosida 3 qavatli mahalla idorasi va mahalla savdo do‘konlari binolarini barpo etish ishlari amalga oshirilayotgani ko‘rib chiqildi.
Mahallada aholi uchun yanada qulay sharoitlar yaratish yo‘lida amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.