Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Munosib mehnatga — munosib e’tirof

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi raisi Rahimjon Sobirovich Ziyayevning ko‘p yillik samarali mehnati, jamiyat taraqqiyoti hamda el-yurt manfaatlari yo‘lidagi fidokorona xizmatlari munosib baholanib, “I darajali Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangani munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz.

Ushbu yuksak e’tirof Sizga bo‘lgan ishonch, hurmat va mehnatingizga berilgan munosib bahodir.

Hurmatli Rahimjon Sobirovichga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, mas’uliyatli faoliyatida ulkan yutuqlar hamda xalqimiz farovonligi yo‘lida amalga oshirayotgan ezgu ishlarida yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Samarali mehnatingiz va fidoyiligingiz doimo yuksak e’tiroflarga sazovor bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi kotibiyati