Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi 26-“Chorguzar” saylov okrugi deputati Avazbek Appaqov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Shohabbos Yusupov tomonidan Andijon shahar “Sanoat” MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, xotin-qizlar bilan manzilli ishlash va mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
24 tavsiya ijrosi doirasidagi o‘rganish va nazorat ishlari davom ettirilmoqda.