Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

ISH REJA – AMALIY ISH

 Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining haftalik ish rejasiga muvofiq, deputat A. Appaqov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi O. Olimjonov tomonidan 4-«Shohbekat» saylov okrugi hududidagi «Barkamol» mahallasida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari o‘rganildi.

Hududda obodonlashtirish ishlari davom etmoqda. Shuningdek, «Bek uylari» MChJ tomonidan 7 qavatli turar-joy majmuasi qurilishi olib borilayotgan bo‘lib, unda 60 nafar ishchi-xodim mehnat qilmoqda.

Mazkur bunyodkorlik ishlari mahalla aholisining turmush farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Xalq manfaatlari yo‘lidagi ezgu ishlar davom etadi!

Slide 1 of 3