Andijon shahrida ekologik holatni yaxshilash, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda ekologik barqarorlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish maqsadida deputat so‘rovi yuborildi.
Mazkur so‘rov orqali Andijon shahar Ekologiya bo‘limidan:
shahar hududidagi mavjud ekologik holat;
amalga oshirilayotgan ekologik chora-tadbirlar;
mavjud muammolar;
ularni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan ishlar bo‘yicha batafsil yozma ma’lumot (hisobot) taqdim etilishi so‘raldi.
Qonunchilikka muvofiq, so‘rov yuzasidan 10 kun muddatda yozma javob taqdim etilishi belgilangan.
Ekologik muammolarni aniqlash va ularning yechimiga erishish yo‘lidagi ishlar deputatlik nazoratida davom etadi.