Yangiliklar

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati D.Rahmatullayeva tomonidan imkoniyati cheklangan farzandlarni tarbiyalayotgan ota-onalar bilan samimiy uchrashuv tashkil etildi. 🤝

 Uchrashuv davomida ota-onalarning muammo va takliflari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash, farzandlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda kelgusidagi rejalar yuzasidan fikr almashildi.

Samimiy muloqot davomida imkoniyati cheklangan bolalarning ta’lim olishi, ijtimoiy himoyasi va jamiyatda o‘z o‘rnini topishi borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham so‘z yuritildi.

Har bir bola e’tibor va mehrga loyiq!

Slide 1 of 2