Yangiliklar

DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

 Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan 24 ta tavsiyaga asosan, aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash bo‘yicha fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish holatini tahlil qilish rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan Andijon shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlari markaziga 2026 yilning o‘tgan 5 oyi davomida fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish holati yuzasidan batafsil ma’lumot taqdim etish bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi.

Amaldagi qonunchilikka muvofiq, deputat so‘rovi 10 kun muddatda ko‘rib chiqilishi belgilangan.

Slide 1 of 2