Xonadonma-xonadon yurilib, fuqarolar holidan xabar olindi.
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashining 12-Nizomiddin Zokirov saylov okrugi deputati Sidiqova Marxabo Ergashevna tomonidan hududda profilaktika inspektori bilan hamkorlikda xonadonma-xonadon yurilib, fuqarolar holidan xabar olindi.
Muloqotlar davomida aholini qiynayotgan ijtimoiy muammolar, oilaviy sharoitlar, yoshlar tarbiyasi, bandlik hamda mahalladagi mavjud masalalar o‘rganildi. Shuningdek, fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
️ Ayniqsa, huquqbuzarliklarning oldini olish, tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Xalq bilan muloqot — muammolar yechimining muhim omili!