Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining haftalik ish rejasi 15–20 iyun 2026 yil
янв.21
ISH REJA – AMALIY ISH
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Prezidentning PQ–62-son qarori ijrosi doirasida Andijon shahrida olib borilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
ISH REJADA BELGILANGAN VAZIFALAR AMALDA
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi A. Appaqov hamda doimiy komissiya a’zosi G. Ismoilova tashabbusi bilan Andijon pedagogika texnikumida o‘quvchi va o‘qituvchilari bilan uchrashuv o‘tkazilish orqali o‘rganildi.
янв.21
ISH REJA – AMALIY NATIJA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI E'TIBORDA!
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Payshanba — Yoshlar kuni doirasida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Mahalliy Kengashlar faoliyati tanqidiy-tahliliy ruhda sarhisob qilindi

 Mahalliy Kengashlar faoliyati tanqidiy-tahliliy ruhda sarhisob qilindi

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashida senator B. Abdullayev ishtirokida mahalliy Kengashlarning joriy davrdagi faoliyatiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig'ilishni viloyat Kengashi kotibiyati mudiri S.Usmonov ochib berdi.

✍️Yig‘ilish davomida viloyatdagi mahalliy Kengashlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil qilinib, erishilgan natijalar bilan bir qatorda mavjud kamchilik va muammolar ham muhokama qilindi.
Senator B. Abdullayev Kengashlar faoliyatida deputatlik nazoratini kuchaytirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda hududlarni rivojlantirishga qaratilgan qarorlar ijrosini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

👍Ta’kidlanganidek, mahalliy Kengashlarning asosiy vazifasi – aholi manfaatlarini himoya qilish, hududlardagi dolzarb muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimi yuzasidan samarali parlament nazoratini amalga oshirishdan iborat.

➡️Yig‘ilish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, deputatlik faoliyati samaradorligini oshirish hamda Kengashlar ishini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 9