Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kengash qarorlari ijrosi nazoratda
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Shokirov Usmonjon Mirzaabdullayevichning deputatlik so‘roviga tegishli tartibda rasmiy javob xati taqdim etildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Fuqarolarning murojaatlari ijobiy hal etilmoqda
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Munosib mehnatga — munosib e’tirof
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining 2026-yil 22–27-iyun kunlari uchun mo‘ljallangan ish rejasiga asosan amaliy ishlar olib borilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Dadajonov Fayzulloh Sirajidin o‘g‘lining deputatlik so‘roviga tegishli tartibda rasmiy javob xati taqdim etildi.
Urgut tumanidagi Mirzabog‘lon chep MFY hududida joylashgan 36-son oilaviy shifokorlik punkti faoliyati o'rganildi.

Urgut tumanidagi Mirzabog‘lon chep MFY hududida joylashgan 36-son oilaviy shifokorlik punkti faoliyati o'rganildi.

✍️ Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati Boboyeva Hilola Bo'riyevna tomonidan Urgut tumani Mirzabog‘lon chep MFY hududida joylashgan 36-son oilaviy shifokorlik punkti faoliyati hamda aholiga yaratilgan tibbiy xizmat sharoitlari yaqindan o‘rganildi.

✍️ O‘rganish davomida muassasadagi davolash xonalari, bemorlarni qabul qilish jarayoni, dori-darmon ta’minoti, tibbiy jihozlarning holati, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, ichimlik suvi, elektr energiyasi hamda isitish tizimi holati ko‘zdan kechirildi.

✍️ Shuningdek, tibbiyot xodimlari bilan suhbat o‘tkazilib, hudud aholisiga birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, profilaktik tadbirlarni tashkil etish, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish hamda surunkali kasalliklarga chalingan fuqarolar bilan ishlash holati yuzasidan fikr almashildi.

✍️ Hududdagi muammolarni bosqichma-bosqich hal etish hamda aholi murojaatlariga ijobiy yechim topish yuzasidan amaliy ishlar davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 5