Deputat va yoshlar maslahat guruhi a'zosi dasturlar ijrosini o'rganmoqda
📍 Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati Z.Jabborova hamda yoshlar maslahat guruhi a’zosi M.Yusupova Toyloq tuman “Muborak” MFY hududidagi 14-sonli umumta’lim maktabida bo‘lishdi.
👍O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-141-sonli qarori ijrosi doirasida maktabda olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
✍️Ayni paytda maktab hududida:
🏟 12×24 o‘lchamdagi zamonaviy sport zali;
🍽 50 o‘rinli yangi oshxona binosi qurilishi jadal sur’atlarda davom etmoqda.
✨Deputat tomonidan qurilish ishlari sifati, loyiha hujjatlariga muvofiqligi hamda ishchi-xodimlar uchun yaratilgan sharoitlarga alohida e’tibor qaratildi.
✅ Ta’lim muassasalarida zamonaviy infratuzilmani yaratish, o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz muhitni shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar deputatlik nazoratida davom etadi.