Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#deputat_faoliyati #Andijon_shahar #IHMA “VoiceUp” — yoshlar ovozi, kelajak ishonchi!
янв.21
#PQ_62 #jamoatchilik_nazorati #deputatlik_faoliyati #Andijon_shahar #24_tavsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi “Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarini yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi PQ–62-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar doimiy nazoratga olingan
янв.21
#PQ_62 #jamoatchilik_nazorati #deputatlik_faoliyati #Andijon_shahar #24_tavsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi “Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarini yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi PQ–62-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar doimiy nazoratga olingan.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi 9-Sa’diy saylov okrugi deputati M. Jalolovning yoshlar bilan ularning hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yana bir ochiq muloqot tashkil etildi
янв.21
Talabalar bandligi va moliyaviy savodxonlik — bugunning eng muhim masalasi!
янв.21
Shavkat Mirziyoyev boshchiligida amalga oshirilayotgan Yashil makon umummilliy loyihasi doirasida koʻchat ekish tadbiri boʻlib oʻtdi. Mazkur tashabbus doirasida Milliy dendrologiya bogʻini barpo etishga start berildi.
янв.21
2026-yil 31-mart kuni xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Andijon shahar Mustaqillikning 21 yilligi mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi O‘zbekiston ko‘chasining avtomobil yo‘lida yuzaga kelgan yer cho‘kish holati Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi kotibiyati mudiri B. Mo‘ydinov tomonidan nazoratga olindi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi “Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarini yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi PQ–62-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda olib borilayotgan amaliy ishlar doimiy ravishda o‘rganib borilmoqda.
янв.21
Hududda muhim infratuzilma loyihasi boshlandi!
Andijonda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining axborot maydonidagi faoliyati kuchaytirilmoqda

Andijonda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining axborot maydonidagi faoliyati kuchaytirilmoqda

2026 yil 25 mart kuni Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashida “Mahalliy Kengashlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini samarali tashkil etish” mavzusida seminar boʻlib oʻtdi.

Seminar Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi kotibiyati hamda Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Andijon viloyati hududiy boʻlinmasi hamkorligida tashkil etildi.

Unda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari kotibiyatlari xodimlari hamda mahalliy OAV vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad – mahalliy Kengashlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini tizimli yoʻlga qoʻyish orqali davlat boshqaruvida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, deputatlar va xalq oʻrtasidagi muloqotni kuchaytirish hamda amalga oshirilayotgan islohotlarni keng yoritish orqali fuqarolarning vakillik organlariga boʻlgan ishonchini mustahkamlashdan iborat boʻldi.

Slide 1 of 5