#deputat_soʻrovi #deputatlik_faoliyati #jamoatchilik_munosabati #24_tavsiya
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati tomonidan aholi murojaatlari hamda joylarda olib borilgan o‘rganishlar asosida muhim masala ko‘tarildi.
Andijon shahar Al-Buxoriy MFY hududidagi N.To‘xtasinov ko‘chasida oqava suv tarmoqlari eskirgani, ayrim joylari nosoz holatga kelgani hamda ichimlik suvi quvurlarining ham yangilanishi zarurligi aniqlandi. Mazkur holat aholi uchun noqulayliklar tug‘dirayotgani qayd etildi.
Shu munosabat bilan tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborilib, hududdagi oqava suv tarmoqlarini ta’mirlash yoki yangilash, shuningdek 400 metr ichimlik suvi quvurlarini yangilash bo‘yicha aniq choralar ko‘rish so‘raldi.