🔹Quvasoy shahar Nayman MFYda yashovchi fuqarolar tomonidan jamoaviy murojaat kelib tushdi.
🔹Mazkur murojaatda ayrim soliq to‘lovlari asossiz hisoblangani ta’kidlanib, ularni bekor qilish yuzasidan amaliy yordam so‘ralgan.
🔹Murojaat yuzasidan fuqarolarga tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi hamda masalani atroflicha o‘rganish uchun shahar Kadastr va Soliq bo'limlari jalb qilindi.
🔹Hozirda ushbu murojaat amaldagi qonunchilik asosida belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, tegishliligi bo'yicha "Kengash so'rovi" yuborish belgilandi.