Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan ayol deputatlar uchun kichik bayramona tadbir tashkil etildi.
янв.21
Andijon shahar 4-son texnikumida yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati M. Umarov tomonidan Al-Buxoriy MFY hududida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
янв.21
Yoshlar kuni munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
#yoshlar_day #faolyoshlar
янв.21
Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri — aholi salomatligini muhofaza qilish 🏥, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish hamda tibbiyot muassasalari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirishdan iborat. Shu maqsadda belgilangan tavsiyalar asosida Andijon viloyatidagi "Andijon viloyat Ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonasi" ga deputatlar guruhi bilan o‘rganish va amaliy tanishuv tashrifi amalga oshirildi.
янв.21
ANDIJON SHAHRINING Z.M. BOBUR MFY HUDUDIDA “ESKI SHAHAR” USLUBIDA BARPO ETILADIGAN HUNARMANDLAR KO‘CHASI BO‘YICHA TAKLIFIY LOYIHA ISHLAB CHIQILDI
янв.21
🏫 Andijon davlat texnika institutida volontyor yoshlar bilan ochiq muloqot.
янв.21
📍 Andijon davlat pedagogika institutida volontyorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
📍Andijon shahar 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Yoshlar orzu-maqsadi va g‘oyalariga ko‘makdoshmiz!” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.
PREZIDENT QARORI IJROSI: OQQO‘RG‘ONDA YANGI MAKTAB BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILMOQDA

  Mamlakatimizda ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchi-yoshlar uchun zamonaviy shart-sharoitlar yaratish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PQ-454-sonli “2025-2027-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.

  Ushbu qaror doirasida Sho‘rchi tumanida ham ijtimoiy soha ob’ektlarini tubdan yangilash bo‘yicha aniq manzilli chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.

  Kuni kecha xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashi deputati Almardon Mamashukurov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Botir Rajabovlar tomonidan mazkur qarorning tumandagi ijro holati jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganildi.

  O‘rganish ob’ekti sifatida tumanning “Oqqo‘rg‘on” mahallasi hududida joylashgan 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabi tanlandi. Ta’kidlash joizki, ushbu maktabda PQ-454-sonli qarorga asosan 480 o‘rinli yangi zamonaviy o‘quv binosini qurish ishlari belgilangan edi.

  O‘rganishlar natijasida binoning qurilish-montaj ishlari to‘liq yakunlangani, hozirda so‘nggi pardozlash va jihozlash jarayonlari ketayotgani ma’lum bo‘ldi. Ishchi guruh tomonidan bino xonalarining loyiha muvofiqligi, sifat darajasi hamda zamonaviy inventarlar bilan ta’minlanish holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.

  Monitoring davomida jihozlash ishlarini sifatli yakunlash va ochilish marosimiga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiyalar berildi.

  “Prezidentimiz tomonidan imzolangan ushbu qaror hududlardagi uzoq yillik infratuzilma muammolarini hal etishga qaratilgan. Biz deputat sifatida har bir sarflanayotgan mablag‘ va sifat ko‘rsatkichlari uchun mas’ulmiz. Maqsadimiz — tez kunda Oqqo‘rg‘on yoshlarining barcha qulayliklarga ega zamonaviy va shinam maktabda ta’lim olishlarini ta’minlashdir”, deydi deputat A.Mamashukurov.

  Bu kabi o‘rganishlar tuman Kengashi tomonidan doimiy nazoratga olingan bo‘lib, PQ-454-sonli qaror doirasidagi har bir ob’ektning foydalanishga topshirilishi qat’iy tahlil qilib boriladi. 

Slide 1 of 1