Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati M.Ganiyeva tomonidan Andijon tumani ishsiz yoshlarni bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar
янв.21
Andijon viloyati Kengashining 16-Ulug‘nor saylov okrugi deputati G. Bobojonova tomonidan Obod MFYda o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi deputati Z.Ismoilova hududlarda o'rganish ishlari olib bordi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi deputati X.Xalilova Qorasuv shahrida og‘ir toifadagi ruhiy va narkologik bemorlar xonadonlarida o‘rganish ishlari olib bordi.
янв.21
Senator K.Burxanov tomonidan Andijon viloyatida 13-yalpi majlis muhokamasi bo'lib o'tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi Raisi huzurida yig'ilish bo'lib o'tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi raisi, Senator U.Axunov Xo'jaobod tumanida fuqarolar bilan uchrashuv o'tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashining navbatdagi 16-sessiyasi bo'lib o'tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi doimiy komissiyalarining sessiya oldi yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi doimiy komissiyalarining sessiya oldi yig'ilishi bo'lib o'tdi
Oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashining navbatdan tashkari 69-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. 23.02.2023-yil kuni Farg‘ona tuman hokimligining majlislar zalida tuman Kengashining navbatdan tashkari 69-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyani tuman Kengashi raisi X.T.Inomov olib bordi. Sessiyada sektor rahbari, masalaga daxldor korxona-tashkilot rahbarlari, mahalla xotin-qizlar faollari ishtirok etdilar. Sessiya kun tartibidagi asosiy masala 4-bosqich Ayollar daftariga ro‘yxatga olish masalasi bo‘yicha oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i N.Karimovning axboroti tinglanib, bir hafta muddatda 4-bosqich Ayollar daftariga kiritilayotgan xotin-qizlarning to‘liq ro‘yxati, ular bilan amalga oshirilishi rejalashtirilgan "Yul xarita"si va ko‘rsatiladigan amaliy yordamlar prognozi bo‘yicha to‘liq ma’lumot berilishi yuzasidan topshiriq berildi. Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashining “Yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyaning “Farg‘ona tumanida uy-joyga muxtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash, og‘ir ijtimoiy sharoitga tushib qolgan fuqarolarni yashash sharoitlarini yaxshilash to‘g‘risida”gi so‘rovi to‘g‘risidagi axboroti eshitilib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 737-sonli qaroriga muvofiq uy-joyga muxtoj xotin-qizlarga uy-joy sotib olish uchun 24.0 (yigirma to‘rt million) mln.so‘m miqdorda boshlang‘ich badal Respublika byudjetidan to‘lanishi belgilangan. Ushbu qaror ijrosi bo‘yicha tumanning Birdamlik MFY hududida istiqomat qiluvchi, ijtimoiy og‘ir sharoitidagi F.Ergashevaga yordam ko‘rsatilishi yuzasidan qaror loyihasi bir ovozdan tasdiqlandi. Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farg‘ona tumandagi Xalq qabulxonasi mudiri A.I.Xasanov, fermerlar kengashi raisi O.Xoliqovlarning axborotlari eshitilib, tegishli karorlar kabul kilindi. Sessiya kun tartibiga qo‘shimcha ravishda Farg‘ona tuman prokurori adliya maslahatchisi B.I.Boboqulovning tumanda qonuniylik holati va jinoyatchilik ahvoli haqidagi axboroti to‘g‘risidagi masala kiritilib, deputatlar tomonidan tasdiqlandi. Sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan tuman Kengashi deputatlari O.Dadajonova, N.Isakov, F.Mirzayev, M.Yuldashev, O.Madumarov, A.Erkaboyev, A.Eminov, B.Rayimovlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha savollar va taklif berildi. Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha qarorlar tasdiqlanib, qabul qilindi. Farg‘ona tuman Kengashi kotibiyati

Oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashining navbatdan tashqari 69-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Farg‘ona tuman hokimligining majlislar zalida tuman Kengashining navbatdan tashkari 69-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyani tuman Kengashi raisi X.T.Inomov olib bordi.
Sessiyada sektor rahbari, masalaga daxldor korxona-tashkilot rahbarlari, mahalla xotin-qizlar faollari ishtirok etdilar.
Sessiyada Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashining “Yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiya raisi O.Dadajonova, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farg‘ona tumandagi Xalq qabulxonasi mudiri A.I.Xasanov, oila xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i N.Karimov, fermerlar kengashi raisi O.Xoliqovlarning axborotlari eshitilib, tegishli karorlar kabul kilindi.
Sessiya kun tartibiga qo‘shimcha ravishda Farg‘ona tuman prokurori adliya maslahatchisi B.I.Boboqulovning tumanda qonuniylik holati va jinoyatchilik ahvoli haqidagi axboroti to‘g‘risidagi masala kiritilib, deputatlar tomonidan tasdiqlandi.
Sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan tuman Kengashi deputatlari O.Dadajonova, N.Isakov, F.Mirzayev, M.Yuldashev, O.Madumarov, A.Erkaboyev, A.Eminov, B.Rayimovlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha savollar va taklif berildi.
Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha qarorlar tasdiqlanib, qabul qilindi.

Farg‘ona tuman Kengashi kotibiyati

Slide 1 of 1