O‘rganish jarayonida mahallada hokim yordamchisi tomonidan aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, xotin-qizlar faoli tomonidan “Ayollar daftari” doirasida olib borilayotgan chora-tadbirlar atroflicha tahlil qilindi.
Deputat tomonidan bandlikni oshirish, ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ayollarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy faolligini kuchaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. Shuningdek, mavjud muammolarni bartaraf etish va “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan manzilli ishlash samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.