Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati M.Ganiyeva tomonidan Andijon tumani ishsiz yoshlarni bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar
янв.21
Andijon viloyati Kengashining 16-Ulug‘nor saylov okrugi deputati G. Bobojonova tomonidan Obod MFYda o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi deputati Z.Ismoilova hududlarda o'rganish ishlari olib bordi.
янв.21
Senator K.Burxanov tomonidan Andijon viloyatida 13-yalpi majlis muhokamasi bo'lib o'tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi deputati X.Xalilova Qorasuv shahrida og‘ir toifadagi ruhiy va narkologik bemorlar xonadonlarida o‘rganish ishlari olib bordi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi Raisi huzurida yig'ilish bo'lib o'tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi raisi, Senator U.Axunov Xo'jaobod tumanida fuqarolar bilan uchrashuv o'tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashining navbatdagi 16-sessiyasi bo'lib o'tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi doimiy komissiyalarining sessiya oldi yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi doimiy komissiyalarining sessiya oldi yig'ilishi bo'lib o'tdi
DO‘STLIK VA BAG'RIKENGLIK ULUG'LANGAN YURT

Navoiy viloyati nafaqat ulkan imkoniyatlar va tabiiy boyliklarga ega hudud, balki turli millat va konfessiya vakillari tinch-totuv, ahil va bag'rikeng hayot kechirayotgan yurt sifatida ham o‘z o'rniga ega. Bu muhit faqat tarixdan meros emas, balki bugungi davlat siyosatining amaliy samarasidir. Biz bunday hamjihatlik muhitini saqlash va yanada mustahkamlashni o‘zimizning fuqarolik burchimiz deb bilamiz.

– Millatlar va konfessiyalar o‘rtasidagi o'zaro hurmat, bag‘rikenglik,inson qadrini ulug‘lash – bugungi kunda O‘zbekistonning davlat siyosatida ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lib, yosh avlodni umumbashariy qadriyatlarga hurmat, vatanparvarlik va tinchlik ruhida tarbiyalashga yo‘naltirilgan barcha islohotlarning uzviy qismidir.

Ta’lim sohasida ham bu tamoyillar o‘zining yorqin ifodasini topmoqda. Bugun mamlakatimizda 7 tilda ta'lim olish imkoniyati yaratilgan, buning o‘zi hurmatli Prezidentimizning barcha millat va elatlarga, har bir insonga nisbatan teng e'tiborda ekanini yaqqol ko'rsatadi.

Zarafshon shahridagi ta'lim muassasamizda turli millat vakillari farzandlari birga ta'lim olmoqda, birga o'smoqda. Bu – ham milliy birlik, ham fuqarolik hamjihatligining hayotiy ifodasidir.

Konstitutsiyamizning o'zida ham “inson qadri” ustuvor tamoyil sifatida belgilangan. Davlatimiz Rahbarining tashabbuslari va rahbarligida bu tamoyil faqat hujjatlarda emas, balki hayotimizda, har bir fuqaro taqdirida amalga tatbiq etilayotgani eng katta yutuq deb bilaman.

Hurmatli Prezidentimizning yaxshi qo'shnichilik siyosati, xususan chegaradosh qardosh mamlakatlar bilan do‘stona munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan ochiq eshiklar siyosati – biz, Qozog‘iston bilan tarixi va tili, madaniyati mushtarak bo‘lgan el farzandlari uchun ham juda qadrli va muhim.

Millatim qozoq bo'lsa-da, O'zbekiston mening vatanim. Bu yurtda tug‘ilib o‘sdim, farzandlarim va nabiralarim bilan birga yashayapman, mehnat qilayapman, davlat mukofotlari bilan taqdirlandim. Bu – do'stlik,bag‘rikenglik va yuksak insonparvarlik siyosatining amaliy ifodasidir.

Shaxsan o‘zim 2018 yili “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlanganimda, nafaqat o‘z nomimdan, balki o‘zbek va qozoq xalqlari o'rtasidagi chinakam qardoshlik nomidan faxrlandim. Bu men uchun ham sharaf, ham mas’uliyatdir – Hurmatli Prezidentimiz xalqlar do'stligini yuksak ma’naviy qadriyat, ma'rifat va taraqqiyot asosi sifatida ko'radi. O'zaro hurmat va til birligi emas, qalb birligi bo'lgan jamiyat barqaror bo‘ladi. Biz aynan ana shunday jamiyatni barpo etmoqdamiz.

Fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlarimni “Xalqlar do'stligi” kuni bayrami bilan samimiy tabriklayman. Biz, turli millat vakillari bir mamlakat, bir kelajak va bir orzu atrofida birlashgan yurt farzandlarimiz!

Yagona oila bo‘lib,yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga o‘z hissamizni qo‘shamiz.

 Tumishova Aksavli Moldagalievna 

9-umumiy o‘rta ta’lim
maktabi direktori,
Oliy Majlis Senati a’zosi.