O'zLiDePdan saylangan Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatlari M.Kazakov va Y.Axmedovlar hamda Kotibiyat xodimi Z.Darmonovlar 21-Choyko'l saylov okrugi "Uyshin" MFY "mahalla yettiligi" faoliyati samaradorligi o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-maydagi 292-son Qarori ijrosi doirasida mahalladagi yoshlar yetakchisining uyma-uy yurish orqali «Yoshlar balansi»ni shakllantirish, yoshlar bilan manzilli ishlash va ularning bandligini ta’minlash, ijtimoiy faol yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, sog‘lom turmush tarzi va sportni ommalashtirish, «Yoshlar daftari»dagi yoshlarning muammolarini hal etish, xorijdagi vatandosh yoshlar bilan ishlash va ularni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.