Yangiliklar

Yoshlar bilan ochiq muloqotda aniq vazifalar belgilandi

Amudaryo tumanida respublika miqyosidagi rahbarlar hamda xalq deputatlari tuman Kengashi deputati-tuman hokimi S.Xojametovlar ishtirokida yoshlar bilan ochiq muloqotlar oʻtkazilib, bandlik va kasb tanlash masalalari yuzasidan tegishli idoralarga aniq vazifalar belgilandi.

Uchrashuvlar Toʻlqin, Xitoy va Oʻrtaqalʼa ovul fuqarolar yigʻinlari binolarida boʻlib oʻtdi, ularda 70 nafarga yaqin yosh ishtirok etdi. Tadbirda Vazirlar Kengashi raisi oʻrinbosari Bayram Otemuratov, Soliq boshqarmasi boshligʻi Erkin Nurmonov va tuman hokimi Sobir Xojametov qatnashdi. Uchrashuvlarda bitiruvchilar va ishsiz yoshlarni ish bilan taʼminlash, kasb-hunarga yoʻnaltirish hamda tadbirkorlikka jalb etish masalalari muhokama qilindi.

Slide 1 of 6