O‘zbekiston “Adolat” SDPdan saylangan Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashi deputati, Kotibiyat mudiri Mansur Urazbayev deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlari doirasida tuman hududidagi ijtimoiy soha obyektlarining 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandi.
🔎 Deputatlik nazorati davomida isitish tizimlarining sozligi, ta’lim muassasalarida yaratilgan shart-sharoitlar hamda mavsumni betalafot o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
Xususan, Mansur Urazbayev tumandagi 63-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, o‘quvchilar va pedagoglar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi hamda ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandi.
✅ Bunday deputatlik nazorati tadbirlari ijtimoiy soha obyektlarida mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, ularni bartaraf etish va ta’lim oluvchilar hamda pedagoglar uchun munosib sharoitlarni ta’minlashga xizmat qiladi.
“Adolat” — inson qadri va manfaatlari yo‘lida!