Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#24_ta_masala Aholi muammolari deputat nazoratida

Muloqot jarayonida aholi tomonidan mahalladagi ko‘p qavatli uylarning aksariyatida tom qismidan yomg‘ir suvlari sizib o‘tishi bilan bog‘liq muammo ko‘tarildi. Fuqarolar ushbu masalani hal etishda amaliy yordam so‘rab murojaat qildilar.

Mazkur murojaat yuzasidan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashi deputati D. Urazbayeva tomonidan Amudaryo tumani qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputat tomonidan aholi murojaatlarining yechimini topish, muammolarni o‘rganish va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ijobiy natijaga erishish bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 3