Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Kengash_faoliyati

Deputat xalq ichida: Tekstil korxonasi ishchilari bilan ochiq muloqot

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri Pardayev Azamat Almardanovich navbatdagi uchrashuvini Chinor mahallasida joylashgan hududidagi tekstil (toʻqimachilik) korxonasi ishchi-xodimlari bilan oʻtkazdi.

Uchrashuvdan koʻzlangan asosiy maqsad — hududda xotin-qizlar va yoshlar bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish, korxonada yaratilgan mehnat sharoitlarini oʻrganish hamda ishchilarning taklif va muammolarini tinglashdan iborat boʻldi.

Ochiq va samimiy ruhda oʻtgan muloqot davomida deputat A.Pardayev yurtimizda tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, xususan, toʻqimachilik sanoatini rivojlantirish va yangi ish oʻrinlari yaratish boʻyicha davlatimiz tomonidan berilayotgan imtiyozlar haqida toʻxtalib oʻtdi.

“Bizning asosiy vazifamiz — har bir fuqaroning munosib mehnat sharoitiga ega boʻlishini taʼminlash va ularni qiynayotgan masalalarga qonuniy yechim topishdir”, — taʼkidladi xalq vakili.

Uchrashuv yakunida ishchilar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar nazoratga olindi hamda ularning ijrosi boʻyicha tegishli choralar belgilandi.

Slide 1 of 3