Yangiliklar

Amudaryo tumanida fuqarolar qabuli o‘tkazildi

Qabul davomida fuqarolar tomonidan turli yo‘nalishlarda murojaatlar bildirildi. Xususan, ichki yo‘llarni ta’mirlash, ijtimoiy himoya masalalari, davolanish uchun amaliy yordam ko‘rsatish, aholini bandlik bilan ta’minlash, kadastr hujjatlari bilan bog‘liq muammolar hamda elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash yuzasidan taklif va so‘rovlar tinglandi.

Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi hamda ijrosi nazoratga olindi. Fuqarolar muammolarini joyida hal etish va ularning roziligini ta’minlash ustuvor vazifa ekani ta’kidlandi.

Slide 1 of 5