Unda amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil qilinib, mavjud natijalar sarhisob qilindi. Shuningdek, Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining haftalik ish rejalari belgilab olindi.
Yig‘ilish davomida deputatlar faoliyatini yanada jonlantirish, o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish, hududni rivojlantirish hamda aholi muammolariga samarali yechimlar topish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shu bilan birga, aholining taklif va murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.