Adolat SDP partiyasidan saylangan Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati M.O'razbayev deputatlik faoliyati yuzasidan saylovchilar bilan bo'lib o'tgan uchrashuvida bir qator muammolar aniqlandi.
Xususan, “Amir Temur” ovul fuqarolar yig‘ini markazidan Mang‘it shahar markazigacha bo‘lgan yo‘l qismini asfalit qilish masalasi ko'tarildi.
Mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida deputat tomonidan Amudaryo tumani hokimi o‘rinbosari B.Ernazarovga deputat so‘rovi yuborildi.