Yig‘ilishda komissiya a’zolari, shuningdek, Kotibiyat mudiri M.O‘razbayev hamda bosh mutaxassislar Z.Darmonov va B.Allaberganovlar hamda hokimlik mas'ul xodimi M.Tajibayev ishtirok etdi.
Kun tartibiga kiritilgan masalaga muvofiq, Amudaryo tumanidagi ijro etuvchi hokimiyat organlarida ijro intizomining holati to‘g‘risida tuman hokimligi ijro intizomi nazorati bo‘linmasi bosh mutaxassisining axboroti tinglandi. Axborot davomida ijro intizomini mustahkamlash, topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.
Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masala yuzasidan komissiya tomonidan tegishli qaror qabul qilindi.