Unda hokim o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot va muassasalar rahbarlari hamda ovul aholisi vakillari ishtirok etdi.
Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan:
uy-joy masalalari, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun yer maydoni ajratish, chorvachilikni rivojlantirish uchun kredit olish,
farzandining tibbiy amaliyoti uchun amaliy yordam, bandlikni ta’minlash kabi masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Ayrim masalalar joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar esa nazoratga olindi