Davra suhbatida Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi kotibyati mudiri M.Oʻrazboyev tuman Kengashi deputatlari M.Kazakov, Y.Axmedov, va Adolat SDP Amudaryo tuman Kengashi raisi B.Yoʻldashov, Amudaryo tuman Adliya boʻlimidan Abror Tojiboyevlar ishtirokida boʻlib oʻtdi. Davra suhbatida hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlar va telefon qoʻngʻiroqlari orqali plastik karta maʼlumotlari, maxfiy kodlar (SMS-kodlar) va shaxsiy maʼlumotlarni oʻgʻirlash holatlari koʻpaygan to`g`risida gapirildi va ogohlikka chaqirildi. Shubhali qoʻngʻiroqlar, arzon mahsulotlar va yutuqli oʻyinlar vaʼdalariga ishonmaslik hamda plastik karta parolini hech kimga aytmaslik haqida tushuntirishlar olib bordi.