Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

“Mahallaning ishbilarmon ayoli” – amaliy natijalar namunasi

O‘zLiDeP Zarbdor tuman bo‘limi tomonidan amalga oshirilayotgan “Mahallaning ishbilarmon ayoli” loyihasi doirasida Nurafshon MFYda istiqomat qiluvchi, Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining 15-Nurafshon saylov okrugi deputati Buvsara Karabekovaning tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida O‘zLiDeP Zarbdor tuman apparati rahbari Abdujabbor Tavbayev ham ishtirok etdi.

Buvsara Karabekova 2024-yilda “Yilning eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor fuqarosi” tanlovi g‘olibi bo‘lgan, “Shuhrat” medali sohibasi hamda “Fidokor-Firdavs” chorva fermer xo‘jaligi rahbari sifatida hududda namunali faoliyat yuritib kelmoqda.

U rahbarlik qilayotgan xo‘jalikda nafaqat qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirilmoqda, balki xotin-qizlar va yoshlar bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan. Hozirgi kunda:

🔹 6 nafar – tikuvchilik yo‘nalishida

🔹 8 nafar – qurt ishlab chiqarishda

🔹 6 nafar – baliqchilik sohasida

doimiy ish bilan ta’minlangan.

Shuningdek, mavsumiy ishlarga ham yoshlar jalb etilmoqda.

Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ichki bozor bilan bir qatorda xorijga ham eksport qilinmoqda. Jumladan:

AQSHga – qurt mahsulotlari

Moldovaga – qizil loviya va sarimsoq

Turkiyaga – piyoz

Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahriga hamda

Shvetsiyaga – qovun mahsulotlari yetkazib berilgan.

Olinayotgan daromadlar ishlab chiqarish hajmini kengaytirish va yangi ish o‘rinlari yaratishga yo‘naltirilmoqda.

Buvsara Karabekovaning faoliyati “Mahallaning ishbilarmon ayoli” loyihasi doirasida belgilangan maqsadlarning amaliy ifodasi bo‘lib, u hududda tashabbuskor va ijtimoiy mas’uliyatli tadbirkor ayol sifatida faoliyat yuritmoqda.

Slide 1 of 5